13 iyul kuni Toshkentda Van Universal Motors (VUM) kompaniyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston bo‘ylab
faoliyat
yuritayotgan dilerlik markazlari vakillari ishtirokida yirik konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir
“Ishonchli hamkor
— barqaror kelajak” shiori ostida o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi — dilerlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va biznesni
rivojlantirish
bo‘ldi. Shuningdek, ushbu tadbirda O‘zbekiston yuk mashinalari bozori uchun yangilik — gaz va benzin
yoqilg‘isida harakatlanuvchi mutlaqo yangi avlod yuk mashinasi FAW Tiger VH modeli taqdimoti o‘tkazildi.
FAW Trucks yuk avtomobillarini texnik xizmat ko‘rsatishga taklif etamiz — bu rejalashtirilgan
profilaktika ishlari bo‘lib, texnikani soz holatda ushlab turishga va jiddiy nosozliklarning oldini
olishga yordam beradi.
Texnik xizmat ko‘rsatish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
• Ekspluatatsiyaning boshlang‘ich davrida servis;
• Asosiy davrda servis.
Biz ishimizning ishonchliligini, faqat original ehtiyot qismlardan foydalanishni va FAW standartlariga
muvofiq xalqaro darajadagi xizmatni kafolatlaymiz.
Servis oldidan dilerlik tarmog‘idagi markazlarda xizmatlarning mavjudligini aniqlab oling.
Ishlab chiqaruvchidan taqdim etiladigan FAW ehtiyot qismlari – bu sifat va ishonchlilik kafolati.
Dvigatel, uzatmalar qutisi, shassi, kuzov qismlari hamda boshqa butlovchi qismlar transport
vositalarining xavfsizligini oshiradi, xizmat muddatini uzaytiradi va ekspluatatsiya xarajatlarini
kamaytiradi.
Har bir original ehtiyot qism aniq modelning xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqariladi.
Ular foydalanishga chiqarilishidan avval qat’iy sifat nazoratidan o‘tadi, mustahkamlik va uzoq
muddatlilik bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi.
Ehtiyot qismlar mavjudligini dilerlik tarmog‘idagi do‘konlardan bilib olishingiz yoki sayt orqali so‘rov
qoldirishingiz mumkin.