13 iyul kuni Toshkentda Van Universal Motors (VUM) kompaniyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston bo‘ylab faoliyat
yuritayotgan dilerlik markazlari vakillari ishtirokida yirik konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Ishonchli hamkor
— barqaror kelajak” shiori ostida o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi — dilerlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va biznesni rivojlantirish
bo‘ldi. Shuningdek, ushbu tadbirda O‘zbekiston yuk mashinalari bozori uchun yangilik — gaz va benzin
yoqilg‘isida harakatlanuvchi mutlaqo yangi avlod yuk mashinasi FAW Tiger VH modeli taqdimoti o‘tkazildi.
Van Universal Motors — O‘zbekistonda yuk avtomobillari savdosi, servis xizmatlari va dilerlik tarmog‘i
yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan, bozorda yetakchi o‘ringa ega bo‘lish sari qat’iy intilayotgan
kompaniyalardan biridir.
Kompaniya FAW Tiger yuk mashinalarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish tizimini
shakllantirgan bo‘lib, hozirda mamlakat bo‘ylab 20 dan ortiq dilerlik markazlari bilan faol hamkorlik olib
bormoqda.
2025 yilning birinchi yarmi yakuniga ko‘ra, kompaniya o‘z faoliyatida bir qancha muhim natijalarga erishdi.
Jumladan:dilerlar soni 7 tadan 23 taga yetdi — bu texnikalarning hududlarga yetkazilishi va servis
xizmatlarining qulay tashkil etilishi uchun katta imkoniyat yaratdi.
Shu davr ichida Van Universal Motors’ga bo‘lgan ishonch yirik tashkilotlar tomonidan ham ortdi. Transport
vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi tashkilotlar, “Navoiy KMK” AJ, Davlat xavfsizlik
xizmati, shuningdek, Korzinka, Safia kabi xususiy kompaniyalar VUM bilan barqaror hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Bu ko‘rsatkichlar — VUM’ning bozorga bergan real qiymati va sheriklar bilan qurayotgan mustahkam
munosabatlaridan dalolat beradi.
Konferensiyada muhim strategik yo‘nalishlar muhokama qilindi
Tadbir doirasida VUM rahbariyati tomonidan kompaniyaning 2025–2026 yillardagi
rivojlanish strategiyasi, dilerlik
markazlariga beriladigan qo‘llab-quvvatlovlar, hududiy marketing yondashuvlari va servis xizmatlarini
takomillashtirish borasidagi rejalar taqdim etildi.
Muhokama qilingan asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat bo‘ldi:
• Bozor segmentlari uchun moslashtirilgan FAW modellari;
• Dilerlar uchun markazlashgan servis nazorati;
• Har bir hudud uchun alohida marketing strategiyasi;
• Brend imijini kuchaytirish va diler ishonchini oshirish choralari.
Hamkorlik – asosiyqadriyat
ТTadbirda ishtirok etgan dilerlik vakillari VUM tomonidan taqdim etilayotgan
texnikalar, marketing yondashuvlari
va mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlovni ijobiy baholab, savdo
samaradorligini oshirishga qaratilgan fikr-mulohazalarini bildirdi.
“Biz uchun har bir diler —
kompaniyamizning yuzidir. Ular orqali biz mijozlarga yaqinlashamiz, ularning
ehtiyojlarini tushunamiz va barqaror yechimlar taklif qilamiz”, dedi VUM bosh direktori G‘asanov Ravshan
Rustam
o‘g‘li o‘z nutqida
Tadbir doirasida yangi texnikaning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi — bu FAW Tiger VH modeli bo‘lib, u gaz (metan)
va
benzin yoqilg‘isida harakatlana oladigan ikki yonilg‘ili dvigatelga ega yuk mashinasidir.
Mazkur model — O‘zbekistonda zavod sharoitida gaz va benzin tizimi bilan ishlab chiqarilgan ilk eksklyuziv
texnikalardan biri hisoblanadi. Bu yechim nafaqat iqtisodiy jihatdan foydali, balki ekologik xavfsizlik nuqtai
nazaridan ham muhim ahamiyatga ega.
• Asosiy afzalliklar:
• To‘liq og‘irligi – 8 000 kg
• Yoqilg‘i bakanlari – 345 (200+145) litr metan + 15 litr benzin
• YUNNEI dvigateli – 130 o.k.
• Shaanxi MT/8 uzatma qutisi
• 360 lik kamera, monitor, multirul, pnevmouro‘rindiq, salon uchun yorqin jigarrang rangdagi charmli dizayn,
yon
oynalardagi isitish tizimi va hokazo.
FAW Tiger VH texnikasi dilerlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va konferensiya ishtirokchilari
ushbu model, shubhasiz, xalqimiz uchun ayni ehtiyojga javob beruvchi, ommabop va foydali yechim bo‘lishini
ta’kidladi.
Yakuniy natija – yagona maqsad sari birlashuv
Van Universal Motors dilerlik tarmog‘i bilan birgalikda yuk avtomobillari bozorida ishonchli hamkor va
barqaror
ishlab chiqaruvchi sifatida o‘z mavqeyini mustahkamlashni davom ettirmoqda.
Kompaniya kelajakni dilerlar bilan birga qurmoqda. Agar siz ham ishonchli hamkorlikka tayyor bo‘lsangiz — biz
bilan bog‘laning.